Iguain rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 15:30
"Yuventus"ning argentinalik forvardi Gonsalo Iguain ijara asosida "Milan"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan" 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Iguainning bir yillik ijarasi 18 mln. evroga baholandi. Bundan tashqari, "Milan" kelasi yil yozda argentinalikni 36 mln. evroga xarid qilish huquqiga ega bo'ladi.

"Yuventus" Iguain ijarasi evaziga "Milan" futbolchilari Leonardo Bonuchchi va Mattia Kaldaralar bilan muzokara o'tkazish imkoniyatiga erishadi. Uchchala kelishuv borasida bugun e'lon qilinishi mumkin.

"Yuventus" 2016 yilning yozida Iguain uchun "Napoli"ga 90 mln. evro to'lagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports