Iguain: "Ronaldudan tortib oladigan hech nimam yo'q"

Mirjalol Normatov
25 noya 2019, 21:41
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan tarkibda katta raqobat qilmaydi.

"Ronaldu va Dibala? Ikki xil futbolchilar. Buyuk futbolchilar bilan bir jamoada o'ynashni barcha istaydi va Krishtianu hamda Paulo shular jumlasidan. Ular bilan bir jamoada o'ynash uchun ko'nikishni davom ettirmoqdaman.

Ronalduni asosiy tarkibdan tushurish? Ronaldudan tortib oladigan hech nimam yo'q. Ronaldu - g'olib futbolchi. Jamoa g'alabalarga erishishi uchun men qattiq ishlayapman. Hattoki kam o'ynayotgan futbolchilar ham jamoa uchun muhim", - dedi Iguain.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia