Iguain Londonga otlandi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 15:29
Transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli bo'lgan "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguain "Chelsi"ga o'tmoqda.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, bugun, 18 yanvar kuni argentinalik futbolchi 6 oyda ijarada o'ynash uchun "Chelsi" tarkibiga borib qo'shiladi. U hozirda Londonga ketmoqda.

Iguain ushbu mavsumning dastlabki qismini "Milan"da o'tkazdi va A Seriyaning 15 o'yinida 5 gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport