Iguain: “Barselona” va Messi taklifini rad etish qiyin”

Eldor Akmurzayev
23 may 2020, 21:10
“Yuventus” forvardi Gonsalo Iguain “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning kelajagi haqida fikr bildirdi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, u yangi mavsumni “Barselona”da boshlaydi.

“Bu qiyin holat. 18 yoshimda “Real”ga: “Yo'q, rahmat”, deb aytmadim.

Hech qanday ziddiyatni yaratishni xohlamayman, ammo seni “Barselona” va Messi taklif qilsa, buni rad etish juda qiyin bo'ladi. Hozir Lautaro Martinesning o'rnida bo'lishni istamasdim.

Lautaro yuqorilash davrida. U yosh bo'lishiga qaramay, allaqachon “Inter”dek katta jamoaning bir qismiga aylandi. U Amerika Kubogida ham o'ynadi, gollar urdi va Argentina terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi bo'lish uchun barcha xususiyatlarga ega”, deydi Iguain.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia