Iguain: "APLda o'ynashni istayman"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2018
"Yuventus" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain o'z fikriga ko'ra, dunyoning eng ajoyib ligasi haqida gapirdi.

"Angliya Premer-ligasi - menga yoqadi. Bu liga sayyoramizdagi eng ajoyib liga, u erda o'ynashni istayman.

Ayni damda "Yuventus" bilan shartnomam bor, hech kim menga taklif bilan chiqmadi. Xotirjamman, e'tiborim Turindagi jamoamga qaratilgan", - dedi Iguain.

Oldinroq uning xizmatlariga "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia