Iguain APL klubiga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain yozgi transfer oynasida katta ehtimol bilan "Chelsi"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik forvard va uning agenti sifatida ishlayotgan akasi ko'klar vakillariga London klubiga o'tishga tayyorligini ma'lum qilishgan. Iguainning "Yuventus"dan kyetishi aniq edi, chunki turinliklar Krishtianu Ronaldu uchun sarflagan tiklab olishi kerak. "Keksa sinora" forvardni 55 mln. evroga sotmoqchi.

Iguainning o'zi "Chelsi"da yiliga 7 mln. evro ishlab topmoqchi.

Oldinroq, "Yuventus" argentinalikni 60 mln. evroga sotishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com