Igor Tudorning Yuventusdagi maoshi ma'lum

Khoja
24 mar 2025, 10:50
Kecha Yuventus Igor Tudor bilan yarim yillik shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Shu vaqt ichida murabbiy 500 ming evro ishlab oladi. Agar mutaxassis turinliklar bilan ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, shartnomasi yana bir yilga uzaytiriladi va o'shanda Tudor yiliga 2 million evro ishlab topadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Yuventus Motta bilan shartnomani bekor qilgani uchun 42 yoshli mutaxassisga 20 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgandi.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com