Igor Taran: "Paxtakor" bilan o'yinda xotirjamlikka berilmadik"

Narzulla Saydullayev
18 apr 2017, 18:17
“Sho'rtan” hujumchisi Igor Taran oliy liganing 6-turida “Paxtakor” bilan o'tkazgan uchrashuvida haqiqiy qahramonga aylandi.

U “Sherlar” darvozasidan o'rin olgan uch goldan ikkitasiga mualliflik qildi. Uchrashuvda so'ng  shampionat.asia  muxbiri  Fahriddin Choriev Taran bilan  qisqacha suhbat uyushtirdi.

- Igor ishonchli g'alaba bilan tabriklayman.
- Katta rahmat.

- Uchrashuvdan oldin jamoadoshlaringiz bilan nimani eng muhim, hisobladinglar?
- Birinchi o'rinda natija edi. Yaxshi hamki bunga erishdik. Bu bilan safar uchrashuvlaridan oldin kayfiyatimizni ko'tarib oldik.

- Birinchi goldan keyinoq yana bir imkoniyatga ega bo'ldingiz. Undan foydalanishingizga nima xalal berdi?
- Sizni ishontirib aytishim mumkin, biz xotirjamlikka berilmadik. Har holda o'z maydonimizda muxlislarimiz ko'z o'ngida muhim uch ochkoni qo'lga kiritish edi.

- Ushbu shiddatli bahsda “Sho'rtan” tuliq  asosiy tarkib bilan maydonga tushdi.
- O'z oldiga  maqsadlarni qo'ygan jamoada  ikki yoki ikki yarimtaga teng kuchli tarkib bo'lishi lozim. Lekin bizga kim bilan to'qnash kelishimizning qizig'i yo'q edi. Oldimizga aniq vazifa qo'yilgandi va uni uddaladik. 


- Raqib o'yinini qanday baholaysiz? “Paxtakor”dan ko'proq narsa kutganmidingiz?
- Biz hamisha raqibimizning kuchiga etarlicha baho beramiz. Aks holda...

- Har holda poytaxtliklar hamisha hujumkor o'yin namoyish etishadi.
- Bu safargi o'yindan so'ng unday demagan bo'lardim. Ammo yuqorida aytganimdek, buni bizga qizig'i yo'q. Bizda o'z vazifamiz bor, ularda ham xuddi shunday.

- Endi bosh murabbiy haqida gaplashsak. Ixtiyor Karimov qarshi hujum taktikasidan foydalanadi. Bu sizga maqulmi?   
-  Bu savolga javob beraverishdan charchadim. Men uchun eng muhimi, maydonda harakat qilish va vaziyatga qarab ish tutish.  

- Karimovni bosh murabbiy etib tayinlanishi o'z samarasini beradimi?
- Natija shuhbasiz bo'ladi, o'zgarishlar faqat yaxshi tarafga bo'lishni istaymiz. Umuman olganda, barchasini vaqt ko'rsatadi. Tarkibni aniqlash esa faqatgina murabbiyning o'ziga bog'liq.

Fahriddin Choriev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia