

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin matbuot anjumaniga qatnashdi.
- Biz 3 ochko ishlab olishimiz mumkin edi ammo, bunday qulay vaziyatni qo'ldan boy berdik. G'alabani o'z xatolarimiz evaziga qo'ldan chiqardik. “Qizilqum”ning uchrashuvdagi qizil kartochka sifatidagi “sovg'a”sidan unumli foydalana olmadik. Oyni oxiriga qadar 3ta uchrashuv kutmoqda. Bu o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirib, yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz.
“So'g'diyona” matbuot xizmati




