Igor Shkvirin: “Metallurg” rahbariyatiga rahmat"

Narzulla Saydullayev
20 okt 2017, 21:30
Oliy liganing 25-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi natija bilan ikkinchi davradagi o'z maydonidagi ilk g'alabasiga erishdi.

Bahsdan so'ng “So'g'diyona”  jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin  matbuot anjumanida qatnashdi va o'yin borsida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin qiyin o'tishini bilar edim. Bu jamoaning kuchini bilaman chunki menga begona emas. “Metallurg” klubining rahbariyatiga menga birinchi davrada  Bekobodda ishlashimga imkon berganlari uchun minnatdorman.  O'yinda o'z xarakterimizni ko'rsatganligimizdan va kurashuvchan jamoa bo'layotganimizdan xursandman. Faqat bir jihat meni ranjitdi .Bu ham bo'lsa Ixtiyor Toshpo'latovning chetlatilishi. Menimcha, uning asabi dosh bera olmadi.  O'yinda bo'nday vaziyatlar uchrab turadi biroq ,futbolchi o'zini qo'lga ola bilish lozim. Demak intizom tomonlama kamchiliklarimiz bor. Demak ,ularni  tug'irlashga harakat qilamiz. O'yindan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi davradagi o'ydagi  ilk g'alabamiz bo'ldi va muxlislarni tabriklayman. Hammaga rahmat, - deydi Igor Shkvirin.


“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia