Igor Shkvirin AGMKda ish boshladi

18 iyul 2019, 11:29
Ko'p yillar mobaynida AGMKni boshqargan Igor Shkvirin klub tizimiga ishga qaytgani haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.

"O'z vaqtida jamoamizni boshqargan va AGMKni chempionatda o'z o'rni bo'lishida munosib hissa qo'shgan tajribali mutaxassis Igor Shkvirin  selekcioner murabbiy sifatida ish boshladi.

Kechagi mashg'ulotda AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Igor Shkvirinni jamoaga qaytganini e'lon qildi va futbolchilarga tanishtirdi.

Eslatib o'tamiz, Igor Anatolevich Shkvirin 2008-2016 yillar davomida jamoamiz bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Shuningdek, keyinchalik "So'g'diyona" va ma'lum vaqt "Surxon" klublarida faoliyat ko'rsatgan. Joriy mavsumning ikkinchi qismidan e'tiboran esa Shkvirin Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabida selekcioner bo'lib ishlaydi. Yangi ishda Igor Anatolevich Shkviringa omad tilaymiz", - deyiladi klubning telegramdagi rasmiy kanalida berilgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати