Igor Sergeevga Polsha va Chexiya klublari qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2021
“Aktobe” hujumchisi Igor Sergeev jamoani tark etishi mumkin,

Meta-ratings.kz manbasiga ko'ra, Polsha va Chexiya klublari Sergeevni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda va ulardan biri futbolchining transferi uchun “Aktobe”ga 75 ming evro taklif etishga tayyor.

So'nggi vaqt “qizil-oqlar”da moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan va rahbariyat 28 yoshli futbolchini sotib yuborishi ham mumkin.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Sergeevning “Aktobe”dagi oylik maoshi 19 ming dollarni tashkil etadi. U QPL joriy mavsumida 15 o'yinda qatnashib, 7+1 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Meta-ratings.kz