Igor Sergeevga APL klubi qiziqmoqda?!

Alisher
22 apr 2021
Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o'z telegram kanalida ma'lum qildi.

"Qozog'istonda bazi manbalar shunday yozdi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev angliyaliklar kuzatuvida ekan. Eslatib o'taman, Igor Aktobe klubida muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Bu xabar asosli ekanligini tasdiqlay olmayman. Ko'rdim, qiziqdim va bo'lishdim", - deb yozmoqda Fayziev telegram kanalida.

Takidlash kerakki, "Aktobe"ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan hamyurtimizga ehtimoliy qiziquvchi bo'lmish "Sheffild Yunayted" jamoasi ayni damda Premer-ligada so'nggi o'rinda bormoqda va jamoaning kelasi mavsumni Chempionshipda o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia