Igor Sergeev - "Paxtakor" rekordchisi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2020, 18:18
Bugun Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinda "sherlar" safida Igor Sergeev ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa u Anvar Solievni ortda qoldirib, "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylanib oldi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi.

"Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purarlari

Igor Sergeev 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor Shkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
Shuhrat Maqsudov  51


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia