Igor Akinfeev o'z anti-rekordini yangiladi

SSKA darvozaboni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida ketma-ket 32 o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi.


Akinfeev o'z anti-rekordini yangilashda davom etmoqda. Endi bu ko'rsatkich 32 o'yinga tenglashdi.

Bu borada ikkinchi ko'rsatkich PSV jamoasining sobiq posboni Ronald Vaterresga tegishli. Ushbu darvozabon ketma-ket 16 uchrashuvda gol qo'yvorgandi.

Akinfeev Ronald Vaterresga tegishli bo'lgan anti-rekordni 2013/2014 yilgi mavsumda "Viktoriya Plzen"ga qarshi o'yinda yangilagandi.


Manba: championat.asia