Igor Akinfeev: "Darvozabonlarning "seyv"larini emas, xatolarini eslab yurishadi"

SSKA posboni Igor Akinfeev Chempionlar ligasi o'yinlarida ketma-ket 26 uchrashuvda o'z darvozasidan gol olib chiqib, o'ziga xos rekord o'rnatdi.

"Bu natijadan juda ko'nglim to'ldi (kuladi). Yanada yoqimlisi shundaki, ushbu rekordni hozircha faqat o'zim yangilash imkoniga egaman. Odamlarning gapini ko'nglimga yaqin olamanmi? Ko'pchilik Chempionlar ligasi o'yinlarini ichida bo'lmasdan oson gapiraveradi. Futbolni televizordan ko'rish bilan, unda ishtirok etishni juda katta farqi bor. Xatolar hammada bo'ladi. Darvozabon, himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilar. Lekin hujumchilarning qiladigan xatolari tezda unitiladi. Agarda hujumchi juda qulay vaziyatni ko'kka sovursa ham uni xatosini odamlar ko'p eslab yurishmaydi. Yoki o'sha bahsda jamoasi g'alaba qozonsa, unda umuman eslanmaydi ham. Yarim himoyaichlar bilan ham shunday. Himoyachilarning xatolari esa ancha qimmatli bo'ladi va ularning ham ishlari oson emas. Darvozabonlarku xato qilishga haqqi yo'q. Bizning qiladigan "seyv"larimiz tezda unutiladi. Odamlar har doim o'sha xatoingni eslab yurishadi."


Manba: soccer.ru