Ignatiy Nesterov: Oson g'alabaga erishdik, raqib deyarli hech nima qila olmadi

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 10:19
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov KXDR termasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Raqiblar bizning darvozamiz oldida deyarli hech nima qila olishmadi. Bugungi o'yinga tanlangan taktikani yaxshi his qildik va asosiy e'tiborni hujumga qaratdik. Umuman olganda, golga tortadigan vaziyatlarni biz yaratdik.

Shimoliy Koreyaga qaraganda Qatar termasi biroz xavfliroq. Ammo biz g'oliblik ruhini saqlab qolishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia