Ignatiy Nesterov: "Jarohatim jiddiy emas"

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2019
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng bahs qahramonlaridan biri Ignatiy Nesterov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Yaxshi natijaga erishdik. Endi shu daqiqadan keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Nesterov.

- Jarohatingiz jiddiy emasmi?
- Barchasi joyida. Raqib bilan to'qnashuv vaqtida barmog'im shikastlandi. Jiddiy narsa emas.

- Beshinchi bor Osiyo Kubogida maydonga tushdingiz. Bu orqali qita rekordchisiga aylandingiz.
- Bundan albatta xursandman. O'z tajribam, istagim, harakatlarim bilan terma jamoaga yordam berishim kerak.

Kamoliddin Alimov Sharja shahridan mahsus



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia