Ignatiy Nesterov: "Eronga qarshi o'yinda muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2018, 13:56
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (1:1) so'ng, bahs haqida fikr bildirdi.

"Suriya bilan durangdan xafa bo'lish kerak emas. Yangi murabbiy qo'l ostida birinchi o'yinimizni o'tkazdik. Bu o'rtoqlik o'yini. Ushbu bahsdagi xatolarimizdan kerakli xulosani chiqaramiz. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlari o'z kuchimizni sinab olish, murabbiy nimaga qodirligimizni ko'rib olishi uchun xizmat qiladi. Ertaga o'yinni tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Navbatdagi uchrashuvimiz 11 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bu o'yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasi safida o'zimning yubiley - 100-uchrashuvimni o'tkazdim. Hozircha faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Terma jamoadan chaqiruv kelaverar ekan, uning sharafini himoya qilishga doimo tayyorman" - deydi Nesterov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia