Ignatiy Nesterov doping qabul qilganmi?

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida "Ohod"ga o'tgan hamyurtimiz Ignatiy Nesterovda muammolar paydo bo'lganini ma'lum qildi.

"Saudiya Arabistonidan tushunarsiz va sovuq xabarlar keldi.

Hamkasblarimning yozishicha, "Ohod" futbol klubi "Osiyo Kubogi vaqtida O'zbekiston terma jamoasi safida taqiqlangan moddalarni qabul qilgani uchun OFK tomonidan chetlatilgan" jamoa darvozaboni Ignatiy Nesterov o'rniga posbon ro'yxatdan o'tkazish uchun Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining ruxsatini kutayotgan ekan. OFK saytida Nesterovning jazolanishi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Gap Nesterovni to'laqonli chetlatish yoki vaqtinchalik diskvalifikaciya haqida ketayotgani tushunarsiz. Voqealar rivojini kuzatamiz" - deyiladi Nikimbaev kanalida.

Eslatib o'tamiz, Ignatiy Nesterov BAAdagi Osiyo Kubogidan so'ng Saudiya Arabistonining "Ohod" klubiga o'tgan edi.

Nesterov haqidagi so'nggi ma'lumotlarni kuzatib boramiz va bu haqida o'quvchilarimizni birinchilardan bo'lib xabardor qilamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev