Shifokorlar yordamidan keyin ham vaziyat o'nglanmadi. Nihoyat o'yinning 71-daqiqasida u almashtirishlarini so'radi va maydonni tark etdi. Nesterov bilan suhbatimiz o'sha kungi xolatdan boshlandi.
-Tizzadagi ikssimon pay uzilishi nimaligini yaxshi bilaman. Chunki buni o'z tanamda ancha oldin his qilganman. Bundan 7 yil avval o'ng tizzamda aynan shu muammoni his qilgach, Germaniyaga borib operaciya qildirgandim. Shu yilning may oylarida chap tizzamda xuddi shunday og'riqni seza boshlagach, hayolimga kelgan birinchi o'y “ishqilib yana shu xol takrorlangan bo'lmasin” qabilida bo'ldi. Afsuski bu qo'rqinchli holat yana sodir bo'ldi. Shunda ham operaciyaga shoshilmadim. Shifokorlar bilan “operaciya – so'ngg chora” shiori ostida birga ishladik. Mashg'ulotlarda yuklamalarni kamaytirdik, bazida dam ham berishdi. Fizioterapeya usullarini qo'lladik, bazi xollarda ukol yordamida maydonga tushdim. Chunki bu mavsumda milliy termamizni ham, klubni ham jiddiy musobaqalar kutib turar, darvoza qo'rg'oni menga ishonib topshirilgani uchun ham futboldan chekinishga xohish va imkoniyat yo'q edi. Ammo axvol borgan sari og'irlashdi. Bekoboddagi o'yinda hatto qadam bosolmay qoldim. Chap tizzam zirqirab og'rirdi. Oxiri murabbiylardan meni almashtirishlarini so'radim, - deb gap boshladi Nesterov.
-Tushunishimcha, navbat so'nggi choraga yetib kelibdi-da?
-Afsuski, shunday bo'ldi. Rentgen suratlarini Germaniyadagi tanish shifokorlarga jo'natdik va ular operaciya zarurligini tasdiqlashdi. 2 sentyabr kuni Myunxenga uchib ketaman, ertasiga operaciya belgilangan.
-Demak, terma jamoaning eng muhim yig'inlarida ishtirok eta olmaysiz. Avvalgi operaciya tajribasidan kelib chiqilsa, davolanish muddati ko'ngildagidek kechsa, mashg'ulotlarga qachondan qo'shilishingiz mumkin?
-Odatda tiklanish bosqichi 4 oygacha cho'ziladi, shuning uchun faqat yanvardan umumiy guruhga qo'shilishim mumkin. Qisqacha aytganda, ushbu mavsum men uchun yakun topdi.
-Milliy terma jamoa va klubdagi hamkasblaringga qanday baxo bera olasan? Ular o'rningni muammosiz to'ldira olishadimi?
-Bu borada xech qanday shubhaga o'rin yo'q. Terma jamoada ham, klubda ham mahoratli darvozabonlar to'planishgan va ularga ishonsa bo'ladi. Lobanovda o'yin amaliyoti etarli, faqat terma jamoa himoyachilari “Paxtakor”dan emasligi bois, ular bilan tezda til topishib olsa bo'ldi. Zuhurovda esa aksincha, tajribali, uzoq muddatdan beri terma jamoada, faqat o'yin amaliyoti kamroq. Terma jamoa yig'inigacha “Loko” va “Neftchi” bilan bo'ladigan shiddatli bahslar bu muammoni ham hal qiladi deb o'ylayman.
-Nima ham derdik, darding tezroq shifo topshishini tilab qolamiz. Nasib qilsa, keyingi mavsumda yana maydonga qaytib, muxlislar ishonchini qozonishingda omad yor bo'lishini tilaymiz!
-Rahmat. O'z navbatida muxlislarga murojaatimni etkazishingizni so'rardim. Men ularni ishonchini oqlash uchun qo'limdan kelgancha harakat qildim. Eng kerakli paytda terma jamoaga yordam bera olmasligimdan juda afsusdaman va o'zimga bog'liq bo'lmagan vaziyat bo'lmasa-da, ulardan uzr so'rayman. Meni to'g'ri tushinishsin. Nasib qilsa, yurtdoshlarimga hali yana zavqli onlarni hadya qilishda o'z ulushimni qo'shaman degan niyat ila ular bilan hayrlashaman. Yana stadionda uchrashguncha!
Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.