IFFHS yilning eng yaxshi darvozabonini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
6 dek 2020
Butunjahon futbol tarixi va statistikasi 2020 yilning yakunlarini ma'lum qilmoqda.

Unga ko'ra, 34 yoshli Manuel Noyer 320 ball to'plab, yuqori o'rinni egalladi. Navbatdagi pog'onalar esa Yan Oblak hamda Alissonga tegdi.

Shu orqali Noyer 5-marta ushbu sovringa ega chiqdi va bu borada Iker Kasilyas hamda Janluijji Buffonga yetib oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: IFFHS