IFFHS reytingiga ko'ra O'zbekiston Chempionati dunyo reytingida 82-o'rinda qayd etildi

20 yanv 2015, 16:17
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2014 yil yakunlari bo'yicha eng yaxshi milliy chempionatlar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Chempionati yil yakunlariga ko'ra dunyo reytingida 82-o'rinda qayd etildi. Takidlash lozim, o'tgan yilgi reyting bilan taqqoslaganda 13 pog'ona pastga tushgan. O'zbekiston chempionati o'tgan yilgi reytingda 69-o'rinda qayd etilgan edi.

Maulmot uchun 2014 yil yakunlariga ko'ra Ispaniya La Ligasi ketma-ket beshinchi marta dunyoning eng kuchli chempionati sifatida qayd etilgan. Ikkinchi o'rinni Italiya A seriyasi egallagan bo'lsa, Angliya Premer-Ligasi dunyo reytingida 3-o'rinda qayd etildi.

Mazkur reytingining to'liq ko'rinishi bilan IFFHS rasmiy saytida tanishish mumkin.

Manba: the-uff.com