Ichki hissiyot. Chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" bugun ochko yo'qotadi

Iskandarov Abdulaziz
25 okt 2022, 15:30
Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun Coca cola Superliganing 23-turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Daraja va tarkib nuqtayi nazaridan olganda ham ikki hil jamoalar to'qnashuvi. Tabiiyki bugun ustunlik Ro'ziqul Berdiev jamoasi tomonida. Biroq shunday omillar borki, ular bugun jamoaning ochko yo'qotishiga olib kelishi mumkin. 

1. Uydagi o'yinlar 

Ayni paytda turnir jadvalining birinchi pog'onasida ketayotgan "ajdarlar" uyda ochko ishlash bo'yicha oltinchi o'rinda bormoqda. "Nasaf" o'z Qarshidagi 10ta uchrashuvda 15 ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Natijalar 3ta g'alaba, 6ta durang va 1ta mag'lubiyat. Jamoa safarda ochko yig'ish borasida peshqadam, 12ta o'yin 30 ochko. Mehmonda mag'lub bo'lmagan ikki jamoadan biri bo'lib turibdi (ikkinchisi "Paxtakor"). So'nggi yillardagi holatga nazar tashlaymiz. 


"Nasaf" uyda 

2019 yil. 13ta o'yin, 6 g'alaba, 1 durang, 6 mag'lubiyat 19 ochko 8 o'rin (uyda)

2020 yil. 13ta o'yin 9 g'alaba, 4 durang, 0 mag'lubiyat 31 ochko 2 o'rin 

2021 yil. 13ta o'yin 9 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat 28 ochko 3 o'rin 


2. "Nasaf" bu yil o'z maydonida  kimlarni yutdi?

Bu yil Qarshida "Qo'qon-1912" (2:1),  "Surxon" (2:0) va "Qizilqum" (5:0) ustidan g'alaba qozonildi. Uydagi yagona mag'lubiyat "Navbahor"dan qabul qilib olindi (0:1). AGMK (0:0), "Olimpik" (2:2), "So'g'diyona" (1:1), "Paxtakor" (0:0), "Metallurg" (1:1), "Lokomotiv" (0:0) bilan uchrashuvlarda durang qayd etildi. Katta ehtimol bilan bugun ham durang qayd etilishi mumkin. 


3. "Bunyodkor"ni o'ziga keltirayotgan Boshkovich sobiq jamoasiga qarshi 

Boshkovich kelgach "Bunyodkor"ning natijalari biroz bo'lsada yaxshilanayotganini oddiy muxlis ham payqayotgani turgan gap. Chernogoriyalik mutaxassis jamoadagi bor futbolchilar bilan maksimal natija ko'rsatishga harakat qilyapti. Bu natijalarda ham aks etmoqda. O'z maydonida "Olimpik" bilan durang, chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" ustidan g'alaba va safarda "Metallurg" maydonida qo'lga kiritilgan uch ochko. So'nggi uchrashuvda AGMKga minimal hisobdagi mag'lubiyat. Umuman olganda yomon, deb bo'lmaydi. Ivan o'z vaqtida "Nasaf"dagi ajoyib o'yinlari, OFK kubogidagi gollari bilan mahalliy muxlislar mehrini qozona olgan. Bugun u sobiq jamoasiga qarshi murabbiy sifatida maydonga tushadi. 


4. Dastlabki davradagi natija va Qarshida g'alaba qozona olmayotgan "qaldirg'ochlar"

Jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi davradagi o'yinida "Nasaf" 4:1 hisobida g'alabani tantana qilgan edi. "Bunyodkor" esa mehmonda so'nggi bor 4 yil oldin 2018 yil 4:1 natijasi bilan ortga qaytgan. Qarshidagi so'nggi 3ta o'yinning 2tasida maydon egalari zafar quchgan, 1ta bahsda durang qayd etilgan ("Paxtakor" stadionida kechgan o'yinda nominal mezbon "Nasaf" bo'lgan). 



5. Hakamlar

Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov oktyabr oyida uchinchi bor "Nasaf" ishtirokidagi o'yinga tayinlandi. Umumiy hisobda to'rtinchi bor.

02.10.2022. 20-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:1

13.10.2022. O'zbekiston kubogi 1/2 final. "Nasaf" - AGMK 2:1

07.08.2022. 11-tur. "Dinamo" - "Nasaf" 0:4


Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia