Ibrohim Otaxonov "Andijon"ning 900-golini urdi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2015, 15:55
Oliy liganing 5-turida "Andijon" klubi o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi.
Uchrashuvda Edgar Gess shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Shu kuni "Andijon"ning oliy ligadagi yubiley 900-goli urildi.

45-daqiqada penaltidan unumli foydalangan Ibrohim Otaxonov ushbu golga mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, "Andijon" bugunga qadar oliy ligada 633ta o'yin o'tkazib 213ta g'alabaga erishgan. 126ta uchrashuv durang bilan tugagan. 294 marta mag'lub bo'lgan. "Burgutlar"ning o'tkazgan gollari soni ayni paytda 1045tani tashkil qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia