Ibragimovichning rafiqasi forvardni "Milan"ga qaytishini istamoqda

18 noya 2019, 21:10
Shvetsiyali hujumchi Zlatan Ibragimovichning ayoli Xelena Seger, turmush o'rtog'ini "Milan"ga o'tishini xohlamoqda, deya xabar berdi "Football Italia" nashri.

Manbaga ko'ra, "Bolonya" 38 yoshli Zlatan bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda va bunda genuyaliklar bosh murabbiy Sinisha Mixaylovich bilan Ibragimovich o'rtasidagi do'stona aloqadan foydalanish niyatida. Shunga qaramay, futbolchining rafiqasi uni "Milan"ga qaytishidan umidvor.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich uchun A Seriyaning 5 ta klubi kurash olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net