Ibragimovich: “Uchrashuv avvalgisidanda qiyinroq kechishini bilardik”

Aslanov Jasurbek
18 dek 2016, 01:08
“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Vest Bromvich” (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

“Hammasi ko'ngildagidek kechdi. Uchrashuv oson o'tmadi, biroq biz o'yinga tayyor edik. Bugungi o'yin o'tgan turda “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan bahsdan ham qiyinroq bo'lishini bilardik va jamoadoshlarim katta mehnat qilishdi. Jamoaviy ustunlik evaziga g'alabaga erishdik.  Hozir o'zimni ajoyib his qilmoqdaman. O'yin oxirida biroz toliqib qoldim. Ammo jamoang g'alaba qozonar ekan, futbolchi uchun hammasi oson kechadi. Eng muhimi biz navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi”, deydi Zlatan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС