Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytishga tayyor
Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2018, 20:44
"Manchester Yunayted" futbolchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2018da terma jamoasiga yordam berish uchun qaytishga tayyor.
"Men uchun tashqaridan turib Shvetsiya terma jamoasi o'yinini kuzatish og'ir. Ularga maydonda ham yordam berishni istayman. Terma jamoaga qaytishim mumkinmi? Buni inkor etmayman", - dedi futbolchi.