Ibragimovich safga qaytishga yaqin

Alisher
14 dek 2020, 14:13
Shved milanliklarning yaqin o'yinlarida safga qaytishi mumkin.

"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich safga qaytishga yaqin.

Shvetsiyalik futbolchi A Seriya 12-tur doirasidagi 16 dekabrda bo'lib o'tadigan "Jenoa"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Ibragimovich so'nggi bor 22 noyabrda maydonda harakat qilgan edi. 39 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia