Ibragimovich - Ronalduning goli haqida: "U buni 40 metrdan ham takrorlasin"

Mirjalol Normatov
4 apr 2018, 14:57
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning goli haqida gapirdi.

"Yaxshi gol. Endi u buni 40 metrdan ham takrorlab ko'rsin", - deb gaplaridan iqtibos keltiradi "ESPN" nashri.

Eslatib o'tamiz, 2012 yilda Zlatan Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Angliya termasi darvozasiga chalqancha usulda gol urgandi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN