Ibragimovich qayerda mashg'ulotlar olib bormoqda?

Alisher
9 apr 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich hozir Shvetsiyada.

Shvetsiyalik futbolchi "Xammarbyu"da mashg'ulotlar olib bormoqda. Qayd etish kerakki, klubning 25% akciyasi 38 yoshli Zlatanga tegishli.

"Zlatan o'z oilasi bilan birga Stokgolmda va u yana tepga tegishni xohlagan. Biz shunchaki mashg'ulotlarni olib bordik, ammo dushanba kunidan jamoaviy mashg'ulotga qaytamiz va Ibragimovich biz bilan mashg'ulotlar olib borishi mumkin", - deydi "Xammarbyu" sport direktori Yesper Yansson.

Eslatib o'tamiz, Shvetsiyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat boshqacha. Mamlakatda 9141 nafar koronavirusga chalingan inson aniqlanganiga qaramay, karantin e'lon qilinmagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Hammarbyfotboll