Ibragimovich qachon safga qaytadi?

Sherzod Nurmatov
3 avg 2021, 21:37
"Milan"ning shvetsiyalik forvardi Zlatan Ibragimovich tez orada futbol maydoniga qaytadi.

Manbaning xabar berishicha, hujumchi keyingi haftadan boshlab jamoaning mashg'ulotlariga qo'shiladi.

U ayni paytda trenajyor zalida shug'ullanib, basseynda suzmoqda va bu orqali tiklanish bilan band.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli o'yinchi A Seriya doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi. U iyunda operaciyani boshidan o'tkazgandi.

Ibragimovich o'tgan mavsumda "Milan" uchun 27 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport