Ibragimovich "Milan" o'yinchisi sifatida qachon tanishtiriladi?

Alisher
31 dek 2020, 14:35
Shvetsiyalik hujumchi bir necha kun oldin "Milan" bilan shartnoma imzolagan edi.

"Milan" Zlatan Ibragimovichni 2020 yilning 3 yanvarida keng ommaga namoyish etadi.

Namoyish mahalliy vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi. 38 yoshli Zlatan Milanga tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida 2 yanvar kuni tashrif buyuradi.

Forvard va Italiya klubi o'rtasidagi bitim 2019/20 yilgi mavsum so'nggiga qadar amal qiladi. Bitimda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish mumkinligi to'g'risidagi band ham bor.

Futbolchi bundan avval ham, 2010-2012 yillar davomida "Milan"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: MilanNews.It.