Ibragimovich "Milan" maxsus maslahatchisi etib tayinlanadi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023
"Milan" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubga maxsus maslahatchi yoki tashqi maslahatchi sifatida qaytadi.

Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.

"La Stampa" gazetasining yozishicha, 42 yoshli shvetsiyalikning vazifalariga nafaqat jamoa bilan muloqot qilish, balki transfer siyosati va klubning yoshlar masalalari bo'yicha vakolatlar ham kiradi. U, shuningdek, jamoa va direktorlar o'rtasidagi bog'lovchi bo'ladi. Bu klubning amaldagi bosh direktori, 2022 yilning noyabrida lavozimga tayinlangan italiyalik Jorjio Furlanining ishini kamaytiradi.

"Calciomercato " xabariga ko'ra, "Milan" va Ibragimovich hozirda hamkorlikning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilishmoqda va tez orada tayinlov haqida rasman e'lon qilishadi. Bu 11 noyabr kuni "rossoneri"ning "Lechche"ga qarshi A Seriya safar o'yini oldidan sodir bo'lishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia