Ibragimovich: "Koronavirusga chalingan paytimda devorlarga ism qo'yib oldim"

Mirjalol Normatov
25 dek 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirusga chalingani haqida gapirdi.

"Kasallikka endi chalingan vaqtlarimda xotirjam edim. Keyinchalik buni tushunishni boshladim. O'zimga o'zim: "Ko'ramiz, nima bo'larkin", deb aytardim. Boshim ko'p og'rirdi. Tam bilishni yo'qotdim. Ko'chaga chiqa olmasligimdan, mashg'ulotlarda qatnashmayotganimdan jaxlim chiqardi.

Oradan biroz vaqt o'tib, uyim bilan gaplashishni boshladim, devorlarga ism qo'yib oldim", - dedi Zlatan.

Ibragimovichning tiklanish muddati 3 haftaga cho'zildi. U ushbu mavsumda 10 o'yinda 11 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal