Ibragimovich: "Inter"ga qarshi o'ynashga tayyor edim"

Mirjalol Normatov
23 sen 2023, 10:51
"Milan"ning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich sobiq jamoasining A Seriyada "Inter"dan (1:5) uchragan yirik mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Do'stlar, klub qarorgohiga kelib, jamoa bosh murabbiyiga maydonga tushishga tayyorligimni aytgandim. Biroq u mening familiyam qaydnomada yo'qligini bildirdi. Mashg'ulot qilib turibman va o'zimni yaxshi his qilyapman.

Mayli, hazillar o'z yo'liga. "Milan"ni qo'llab-quvvatlab turish kerak. Barchasi yaxshi bo'ladi. Tez orada "San-Siro"da ko'rishguncha", - dedi Zlatan.

Eslatib o'tamiz, "Milan"dagi faoliyatidan so'ng Zlatan yozda faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal