
Hujumchining fikricha bu unchalik yomon variant emas. Eslatib o'tamiz, 32 yoshli forvard Fransiyaga 2012/13-yilgi mavsumdan avval ko'chib o'tgandi. O'tgan vaqt davomida shved Fransiya chempionati va Chempionlar Ligasi musobaqasida umumiy hisobda 66ta uchrashuvda maydonga tushgan va 56ta gol, 21ta golli pas muallifiga aylangan.
– Faoliyatimni "PSJ"da tugatmoqchimanmi? Aslini olganda professional faoliyatimni bu yerda yakunlash yomon variant bo'lmasdi, – futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.