Ibragimovich bugun "Milan" bilan mashg'ulotlarni boshlaydi

Alisher
2 yanv 2020, 12:19
Shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich bugun Milandagi aeroportga charter reys orqali keladi.

Ibragimovich "Milan" bilan shartnoma imzolashi va kechqurun jamoadoshlari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishi kerak.

Zlatan kechqurun mashg'ulotlarda ishtirok eta olmay qolsa, bu aniq 3 yanvardan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" bo'lajak uchrashuvini 6 yanvar kuni "Sampdoriya"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it