

41 yoshli Zlatan Ibragimovich 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shved “rossonerilar” safidagi oxirgi o'yinini 2022 yil 22 may kuni chempionat 38-turida “Sassuolo”ga qarshi o'tkazgan va o'shanda jamoasi Skudettoni qo'lga kiritgandi.
Zlatan A Seriyada 3 ochkolik davr (1994 yildan) mobaynida maydonga tushgan “Milan” safidagi yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 41 yosh-u, 146 kunlik. Avvalgi rekord esa Alessandro Kostakurtaga (41 yosh-u, 25 kunlik) tegishli edi.



