Hussayin Amotta: "Al Sadd" O'zbekistonga bir qator yo'qotishlar bilan keldi"

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015, 12:02
Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Hussayin Amotta va Abdulla Al Misaiki qatnashdi.

"Ertaga muhim va og'ir o'yinlardan biri bo'ladi. "Lokomotiv"ning bugungi kunda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatga ega. Shu bois raqib g'alaba qozonishni istaydi. Iloji boricha ijobiy natijaga erishishga intilamiz", - deydi Amotta. 


"Ertaga qiyin o'yin kutib turibdi. Raqibimiz juda kuchli jamoa. Keyingi bosqichga chiqish uchun ikkala jamoada imkoniyat mavjud", - deydi Al Misaiki. 


- O'yinoldi matbuot anjumaniga kelgan futbolchi o'yinda asosiy tarkibda o'ynashi kerak. Bundan kelib chiqadiki Abdulla Al Misaiki ertaga asosiy tarkibda tushadimi. 1995 yilda tug'ilgan futbolchi bu mavsum OCHLda umuman o'ynamagan.

- U yosh futbolchi ertangi bahsda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Bugungi rasmiy mashg'ulotlardan so'ng yakuniy tarkibni aniqlab olamiz. 


- Jamoa ertangi o'yindan oldin qanday yo'qotishlarga ega?

- Talal Al Blushi, Ibrohim Majid va Yosir Yahyo kabi futbolchilarimizda jarohatlar bor. Ammo ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. 


- Qatar chempionati tugashiga 2 tur qoldi. Bosh murabbiy uchun ayni paytda qay biri muhimroq: OCHLmi yoki Qatar chempionatimi? 

- Asosiy e'tibor OCHLga qaratilgandi. Shu zaylda davom etib guruhdan chiqmoqchimiz. Qatar chempionati ham muhim. "Al Jayish"ga qarshi muhim o'yinni o'tkazamiz. Hozirda "Laxviya"da chempion bo'lish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Ammo biz oxirigacha kurashamiz.

Qo'shimcha tarzda "Al Sadd" OCHLda ikki marta chempion bo'lgan. Jamoa rahbariyati asosan xalqaro o'yinlarda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilib qo'yadi.


- "Al Sadd" shu kungacha OCHL doirasida uch marta O'zbekistonda o'ynagan. "Neftchi"ga ikki marta yutqazgan va "Paxtakor" bilan durang o'ynagan. Ertaga ham jamoa O'zbekistonda o'ynaydi...

- Statistika bu statistika. Bor e'tiborimizni ertangi o'yinga qaratamiz. Jamoa O'zbekistonga bir qator yo'qotishlar bilan yetib keldi. "Lokomotiv"ning uchta o'yinini kuzatdim. Bizga qarshi o'yinda faqat hisob yomon bo'ldi, ammo statistik ko'rsatkichlarda raqibimiz bizga yutqazishmagandi. Har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi, biz ham bundan mustasno emasmiz.


- Qatarda mavsum tugab bormoqda. Futbolchilarning jismoniy holati qay darajada? Yana bir savol yaqinda o'tgan FIFA kunlari jamoaning tayyorgarligiga qanchalik ta’sir qildi?

- To'g'ri savol berildi. Hozirgi paytga kelib chempionat tugab bormoqda, o'yinchilardan diqqatli bo'lishini talab qilayapmiz. FIFA kunlari haqida aytadigan bo'lsam, klub terma jamoalarga 7-8 nafar futbolchilar beradi. Ular termaga borib o'ynab qaytishgach ma'lum muddat jamoaga qo'shilib keta olishmaydi. Shu bois biz bir qator yoshlarga e'tibor qaratayapmiz, termaga ketgan futbolchilarni o'rnini yosh futbolchilar egallashadi.



Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia