Husniddin G'ofurov “Surxon” bilan shartnomasini uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020
O'tgan mavsum Termizning “Surxon” jamoasida faoliyat yuritgan Husniddin G'ofurov yana jamoada qoladigan bo'ldi.

Aytish kerakki, iqtidorli himoyachi “Surxon”da 18ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Futbolchining saytimizga ma'lum qilishicha, termizliklar G'ofurov bilan hamkorlikni yana davom ettirishga qaror qilgan.

Oldinroq "Surxon" 8 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirgani haqida rasman xabar bergan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia