Husayn Norchaev terma jamoadagi debyut o'yinida gol urdi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2021
O'zbekiston terma jamoasi Amman shahrida Malayziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda.

O'yinning 33-daqiqasida chap qanotdan uzatilgan to'pni Husayn Norchaev boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

Shunday qilib, "Nasaf" hujumchisi terma jamoa safidagi birinchi o'yinida gol urishga erishdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia