Husayn Norchaev operaciya qilindi, qachon safga qaytishi ham ma'lum

Tolibjon Qosimov
23 sen 2024, 18:38
"Neftchi" klubi hujumchisi Husayn Norchaev jarohat sabab oxirgi paytlar jamoasiga yordam bera olmayotgan edi.

U O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Parij-2024 Olimpiadasida ham jarohat bilan o'ynagan edi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Norchaev Moskvada tizzasidan operaciya qilindi, operaciya muvaffaqiyatli o'tgan. 22 yoshli futbolchi taxminan 5-6 haftada mashg'ulotlarga qaytadi. Husaynga salomatlik va tezroq katta maydonga qaytishini tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia