Husanov, Fayzullaev va boshqalar. Bugun yana qaysi legionerlarimizning o'yinlari bor?

Khoja
20 apr 2024, 13:35
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga a'zo va nomzod bir qator legionerlarimiz navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazadi.

Rustam Ashurmatov harakat qiladigan Rubin jamoasi bugun Lokomotivga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 16:00 da start oladi.  Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev harakat qiladigan SSKA jamoasi ham bugun navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadi. Moskva jamoasi bugun Axmatni mehmon qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov harakat qiladigan Ordabasi jamoasi bugun Qiziljarga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 16:30 da start oladi.

Turkiyaning Kayserispor jamoasi bugun navbatdagi tur uchrashuvini Trabzonsporga qarshi o'tkazadi. Mezbonlar safida terma jamoamiz yetakchilaridan biri Otabek Shukurov harakat qiladi. Uchrashuv soat 21:00 da boshlanadi.

Shuningdek, bugun Abduqodir Husanov harakat qiladigan Lans jamoasi Klermonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 23:55 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia