Humoyunmirzo Iminov: "Hammasi o'zimizga bog'liq"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022
Pro liga 25-turidan o'rin olgan "Mashal" – "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Humoyunmirzo Iminov fikrlariga quloq tutdik.

"Muborakdagi o'yindan olgan taassurotlarim katta. Eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bu orqali Superligaga yana bir qadam tashladik. Umuman olganda, "Mashal"ga qarshi bahs qiyin va kurashlarga boy tarzda kechdi. 

G'alabani jamoaviy o'yinimiz evaziga qo'lga kiritdik. O'z oldimizga qo'ygan vazifani bajarish uchun harakat qilyapmiz. Hammasi o'zimizga bog'liq. Yana 2 ta o'ynimiz qoldi, ularda yutsak, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz", – deb so'zini yakunladi Iminov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia