"Humo" xokkeychilariga savol yo'llang va sovg'a egasiga aylaning
Aziz Tukhtamuradov
6 apr 2020
Avvalroq xabar berib o'tganimizdek, "Humo" xokkey klubi a'zolari muxlislar bilan onlayn video-konferenciya o'tkazilmoqda.
"Humo" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu loyihada Evgeniy Grigorenko, Artyom Voronin va Pavel Zdunov muxlislar savollariga javob berishmoqda.
Eng yaxshi savol egasiga "Humo" tomonidan sovg'a topshiriladi.