Hozirdanoq bir jihat borasida JCH-2014dagi natijadan o'zib ketildi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2018, 18:17
Hozirdanoq o'tgan mundialga qaraganda jarima zarbalaridan ko'proq gol urildi.

Kolumbiya termasi futbolchisi Xuan Kinteroning goli JCH-2018da jarimadan kiritilgan to'rtinchi gol bo'ldi. Braziliyada o'tgan JCHda faqatgina uch marta jarimadan gol urilgandi.

JCH-2018da Aleksandr Kolarov (Serbiya), Aleksandr Golovin (Rossiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) va Xuan Kintero (Kolumbiya) kabi futbolchilar jarimadan darvozani ishg'ol qilishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA