Hoylund APL tarixiga kirdi

Khoja
19 fev 2024, 07:41
Rasmus Hoylund Lutonga qarshi o'yinda 3ta rekord qayd etdi.

Manchester Yunayted forvardi APL 25-turida dastlabki 7 daqiqada dubl qayd etdi.

Birinchi to'p 37-soniyada kiritildi. Bu - MYU uchun liga tarixida safarda urilgan eng tezkor gol. Shuningdek, bungacha  mankunianliklar Premer-liga safar o'yinlarida 7-daqiqaga kelib, 2:0 hisobida oldinda borishmagandi. 

Shuningdek, daniyalik 21 yoshu 14 kunlik forvard APLda qatorasiga 6-o'yinida gol urdi va bunday seriya qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Jo Uillokning rekordini (21 yoshu 272 kun) yangiladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com