

Gvardiolaning BBC'ga aytishicha, norvegiyalik forvardning raqamlari shunchaki gapiradi. Ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"da shunday aql bovar qilmas hujumchi borligidan shod.
"Men Erlingni endi Van Nistelroy va Levandovski, shuningdek, Messi va Ronaldu kabi kuchli hujumchilar safida ekanligi bilan tabriklamoqchiman. Bu aql bovar qilmaydigan narsa", – dedi Gvardiola.
Uning goli "shaharliklar"ga Chempionlar Ligasidagi ilk o'yinda "Napoli"ni mag'lub etishga yordam berdi. "Manchester Siti" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.



