

Uchrashuv "shaharliklar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, garchi maydon egalari 74-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa-da.
"Siti"ning yulduz hujumchisi, norvegiyalik Erling Holand jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. Qayd etish joizki, bu Holandning APL doirasida "Enfild"da o'tkazgan to'rtinchi o'yini bo'lib, u mazkur stadionda turnir doirasidagi ilk to'pini kiritdi.
Shu tariqa, norvegiyalik to'purar Angliya chempionatida o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga erishdi. U faqatgina "Sanderlend"ning uy maydoni - "Stedium of Layt"da gol ura olmagan.



